Beeline aloqa operatori internet va SMS-paketlarni maxsus kartalar yordamida faollashtirish xizmatini yo‘lga qo‘ydi. Unga ko‘ra Beeline abonentlari istalgan paytda quyidagi paketlarni yoqishlari mumkin bo‘ladi, bu haqida Daryo xabar berdi.
- 3 dollar evaziga 120 megabaytli internet-paket;
- 5 dollar evaziga 300 megabaytli internet-paket;
- 7 dollar evaziga 500 megabaytli internet-paket;
- 9 dollar evaziga 1000 megabaytli internet-paket;
- 11 dollar evaziga 1500 megabaytli internet-paket;
- 18 dollar evaziga 2500 megabaytli internet-paket;
- 25 dollar evaziga 3500 megabaytli internet-paket;
- 3 dollar evaziga 100 xalqaro SMS’dan iborat SMS-paket;
- 3 dollar evaziga 500 mahalliy SMS’dan iborat SMS-paket.
Kartani faollashtirish uchun abonent uyali telefonidan *104#Kartaning sirli kodi# va chaqiruv tugmasini bosishi lozim. Internet-paketlarini faollashtirish kartalarini Beeline’ning istalgan ofisidan harid qilish mumkin. Kartaning amal qilish muddati u faollashtirilgan kundan boshlab 30 kunni tashkil etadi.
Beeline aloqa operatori internet-paketlarining hajmi va narxini oshirgani haqida avval berilgan edi. Unga ko‘ra, 125 megabayt hajmdagi internet-paketining narxi 2,2 dollarni tashkil etadi. Maxsus karta yordamida 120 megabaytli internet-paketini faollashtirish uchun esa 2 dollar to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, odatiy eng qimmat internet-paketi 27 dollar turadi va uning hajmi 3700 megabaytni tashkil etadi. Maxsus karta yordamida faollashtiriladigan internet-paketining eng qimmati 25 dollar va uning hajmi 3500 megabayt bo‘ladi.