Foreign Policy nashri uyquni hush ko'ruvchi, eng ko'p alkogol iste'mol qiluvchi, chakuvchi va bor pulini azart o'yinlariga sovuruvchi mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko'ra fransuzlar uyqu va taomga ko'proq e'tibor berishlari aniqlandi. Ular eng kam uxlovchi J.Koreadan o'rtacha bir soat ko'p dam olishar ekan.
Terini taranglashtiruvchi va Botoks ukolini qabul qilish bo'yicha rekordsmen deb AQSh topildi. 2011 yilning o'zida u yerda 3,1 millionta muolaja qilingan. Bu esa jahon salmog'ining 21% ini tashkil etadi.
Rinoplastika ya'ni burun plastik jarrohligini amalga oshirish bo'yicha esa Yaponiya va Xitoy yetakchilik qilmoqda.
O'rtacha bitta odam yiliga J.Koreyada 24l alkogol , Kuka orolida 182l pivo, Fransiyada esa 55l vinoni iste'mol qilishadi.
Azartli o'yinlarga eng yaxshi ko'ruvchilar Avstraliya va Singapurda - bir inson yiliga 1288 dollordan 11174 dollorgacha sarflaydi.
Yangi Zelandiyaliklar, italiyaliklar, amerikaliklar va afrikaliklar - marixuananing asosiy muhlislari ekanlar. Tahminan 14% kattalar bu baloni iste'mol qilar ekanlar. Salvador metamfetamin bo'yicha - 3,3% aholi. Shotlandiyada 2011 - yilda kokain qabul qilish bo'yicha rekord natija qayd etilgan - 2,2%