Facebook smartfonlarda sferik shakldagi videolarni ko'rish imkonini beradigan ilova ustida ishlamoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar bermoqda.
Kompaniya vakillarining ma'lum qilishicha, video turli pozitsiyalarga mustahkamlangan bir nechta kameralarda olinadi, ular s'yomka nuqtasi atrofidagi 360 gradus hududni qamrab oladi.
Aytilishicha, ilova iOS va Android dasturiy ta'minotidagi uskunalarda ishlaydi. Ammo uning qachon chiqarilishi haqida ma'lumot berilmadi.