Zokirovlar sulolasi vakili aktyor, Javohir Zokirov Darakchi nashriga bergan intervyusida qaysi rejissyorlar filmlarida suratga tushmasligi haqida ma'lum qildi, deb yozadi "KUN.UZ'.
Bunday rejissyorlar qatorida u O'zbekistonning eng mashhur ijodkorlarini tilga olgan: "Yolqin To'ychiev, Ayub Shahobiddinov, Hilol Nasimov, Zulfiqor Musoqov... Agar katta gonorar to'lashsa, mayli, o'ylab ko'rishim mumkin”.
Shuningdek, "qancha gonorar olasiz”, deya berilgan savolga Juda ko'p. Men "O'zbekistondagi eng qimmat aktyorlardan biriman”, deb javob qaytargan.
Suhbat asnosida Sotqin va Baron filmlarini tomosha qilib, maza qila olmaganini ham ta'kidlagan.