Jazoir terma jamoasi mundialda ko’pchilikni hayratga solgan hamda ko’plab muxlislar orttira olgan sanoqli jamoalardan hisoblanadi. Vatanparvar hamda tirishqoq jamoa nimchorak finalda qo’shimcha vaqtda Germaniya terma jamoasiga 2-1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundialni tark etgan bo’lsada, muxlislarni hayratlantirishda davom etmoqda.
Gana, Kamerun kabi qitadoshlari mukofot pulisiz maydonga tushmasliklari bilan qo’rqitib, o’z mamlakatlaridan pul undirgan bir paytda Jazoir terma jamoasi barchaga o’rnak bo’ladigan darajadagi ishga qo’l urdi. Ular mundialda olgan mukofot pullarini G’azo sektoriga xayriya sifatida taqdim etdilar. 9 million AQSh dollari miqdoridagi pul kam ta’minlangan oilalarga yordam ko’rsatish uchun ishlatiladi.
Ushbu xayriya tashabbusini “Sporting” hujumchisi Islam Slimani tashkil qilgan. “Ular bizdan ko‘ra e’tiborga muhtoj”, – deydi terma jamoa yetakchisi Islom Slimani.
Shuningdek, Gretsiya terma jamoasi ham xayrli ishga qo’l urdi. Ular mukofot mundialda olgan mukofot pullarini milliy terma jamoa uchun mashg’ulotlar o’tkazadigan sprot kompleksi qurishga ishlatishga qaror qildilar.