Qumloq plyajda oddiy belkurakcha va chelakka solingan suv bilan nafaqat o‘rta asrlar qasrini, balki haqiqiy zamonaviy arxitektura namunasini ham yaratish mumkin.
Haykaltarosh Kelvin Zaybert (Calvin Seibert) dengiz sohillarida aynan shu ish bilan shug‘ullanadi.
U oddiy qum uyumidan bemalol arxitektura va qurilish bo‘yicha kitobga kiritilishi mumkin bo‘lgan futuristik uslubdagi qurilmalarni yaratadi.
Biroq, afsuski ularning umri qisqa.
AsadulloH yangiliklariga obuna bo'ling!