O'zbekiston 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 8 foizga ko'p, ya'ni 91,705 trln. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqardi, deb xabar qiladi Davlat statistika qo'mitasi.
«Xususiy tadbirkorlik faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlash kichik biznesning sanoat ishlab chiqarishi ulushidagi hissasini 2014 yildagi 34,8 foizdan 2015 yilda 38,9 foizga oshirishga imkon bergan», deyiladi qo'mita hisobotida, deb yozadi "Kun".
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2015 yili kichik biznes korxonalari tomonidan 4,007 trln. so'mlik mahsulotlar ishlab chiqilgan.
Qo'mita ma'lumotlariga ko'ra, iste'mol tovarlari ishlab chiqarish 36,192 trln. so'mni (+9,7 foiz), xususan: oziq-ovqat mahsulotlari 16,562 trln. so'm (+17,8 foiz) va nooziq-ovqat mahsulotlari 19,63 trln. so'm (+3,6 foiz)ni tashkil etgan.
Iste'mol mahsulotlarining sanoat ishlab chiqarishidagi umumiy ulushi esa, 39,5 foizdan iborat bo'lmoqda.