Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat harbiylari Suriyada joylashtirilgan havo hujumidan himoya vositalarini xatarli deb sanagan nishonlarga qarshi qo‘llashini aytib o‘tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” yozmoqda.
Davlat rahbari bu so‘zlarni bugun, 17-mart kuni, Suriyadagi maxsus amaliyotlarni bajarishda namuna ko‘rsatgan harbiylarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriya havo kengliklarini buzishga hech kimning haqqi yo‘q.
Shuningdek, u Rossiya uchuvchilarining Suriyadagi xatti-harakatlarini a’loga baholashini ta'kidlab o'tdi.
Manba