Xonanda Rayhon konsert dasturida ijro etgan qo`shiqlari radiostansiyalar orqali birin-ketin muxlislar e`tiboriga havola etiladi. Ammo, xonandaning yangi albomi qachon sotuvga chiqariladi?
Mana shu savolga javob olish maqsadida “Shov-shuv.uz” sayti Rayhon bilan bog`landi.
“Yangi albomim chiqmaydi. Bir oydan keyin ham, uch oydan keyin ham. Yangi albomim ustida mukammal ishlay olmadik. ‘Benom’ yigitlari – yangi qo`shiqlarim mualliflaridir. Ular ishlarini oxirigacha yetkaza olishmadi. Shu bois, keng ommaga qo`shiqlarimni qo`l uchida, nomigagiga taqdim etishni lozim topmadim. Bu qat`iy qaror. Muxlislarim bu yil yangi albomimni izlab, ovora bo`lmasliklarini maslahat beraman”—dedi Rayhon.
Xonanda shuningdek, bu yil remikslar to`plami ham sotuvga chiqarilmasligi,uning muxlislari 2017 yilda mukammal albomni tinglashga muvaffaq bo`lishini ham ta`kidlab o`tdi.
Manba