B guruhi 1-turida Ispaniyani “er tishlatgan” (5:1) Gollandiya terma jamoasi JCh-2014ning birinchi sensatsiyasiga aylandi .
Van Persi va Robben o'z hisoblariga dubldan yozib qo'yishgan bo'lsa, de Vrey bitta gol muallifi bo'ldi. Shubhasiz o'sha uchrashuvning eng chiroyli goli van Persi tomonidan kiritildi. Ushbu gol antiqa va o'ziga hosligi bilan tarixda qoladi. Futbol muxlislarini ilhomlantirgan “MYu” hujumchisi – Supermen, Betmen, Piter Pen va boshqa kinoqahramonlar qiyofasida aks ettirildi. Sizning e'tiboringizga muhlislra tomonidan tayyorlangan memolarni namoyish etamiz:
Robin van Persi - nafaqat "uchar golland", balki, "supermen" ham bo'la oladi!
Uchrashuv qahramonlari van Persi hamda Aren Robben - Betman va uning yordamchisi Robin qiyofasida
No comment!
"Uchar gollandlar"ning baland parvoziga sababchi bo'lgan Lui van Gal ham chetda qolib ketmadi. Futbol muxlislari “MYu”ning yangi bosh murabbiyiga ham atalgan memolarni yaratishdi. Braziliya qiroli Lui van Gal
Juma kunining 13-sanasi ispanlar uchun og'ir kechdi
Ispanlarning o'yinidan "shok"ga tushgan Bruno Martinesning ahvoli.
Manba:Sports.uz