Piaget Shveytsariya kompaniyasi tsiferblatida Ulug'bek va Sherdor madrasalarining bezaklari batafsil chizilgan soatlar ishlab chiqarishni boshladi, deb yozadi "KUN.UZ".
Registon maydonini soatlarga ishlov berish bo'yicha jahonning eng yaxshi mutaxassislaridan biri Anite Porshe tasvirladi. U Ulug'bek va Sherdor madrasalari hamda ular uzra parvoz qilayotgan lochin suratlarini mohirona chizishga muvaffaq bo'ldi, deb xabar beradi Vogue.
Registon maydoni tasvirlangan soatlar Buyuk Ipak yo'li tarixi va merosiga bag'ishlangan Secrets Lights A Mythical Journey by Piaget” (“Sinoat va olov Piaget bilan afsonaviy sayohat”) to'plamiga kiritildi.
Ushbu kollektsiyadan Venetsiya tasviri tushirilgan soatlar ham joy oldi.
Premium-sinfidagi soatlar ishlab chiqaruvchi Piaget Shveytsariya kompaniyasiga 1874 yili asos solingan. 1957 yildan buyon kompaniya o'z mahsulotlarida faqatgina qimmatbaho toshlardan foydalanadi.