Barcha kompyuter foydalanuvchilari uchun yaxshi tanish bo‘lgan "smaylik”ning kashf etilganiga 30 yil to‘ldi. "Smaylik”, ya’ni ikki nuqta, defis va qavs – :-) – orqali qo‘yiladigan belgi o‘tgan asrning 1982-yilida Pittsburgdagi (AQSH) Karnegi Mellon universiteti professori Skott Falman tomonidan o‘ylab topilgan edi. O‘shanda professor "smaylik” orqali har qanday kayfiyatni bildirish mumkin, degan qarorga kelgan. Avvaliga "smaylik”ni faqat universitet xodimlari ishlatgan bo‘lsa, keyinchalik u internet foydalanuvchilari orasida ham ommalashib ketdi. Ushbu belgining muvaffaqiyatidan hatto Skott Falmanning o‘zi ham hayratga tushgan. «Atigi o‘n daqiqa ichida o‘ylab topilgan belgi shu qadar ommalashib ketishini o‘ylamagan edim», – deydi u.