Xitoyliklardan biri o'zini xaqiqiy boks qopiga aylantirdi. U o'zini kaltaklatib pul ishlamoqda .
48 yoshli Se Shuiping ko'chada, barlarda va tungi klublarda qorin qismiga uch bora zarba berishni taklif qilmoqda, deb yozadi The Daily Mail nashri. Gap shundaki, Shuiping qattiq tanaga ega va u har qanday zarbani ko'tara oladi.
Se Shuiping boks qopi sifatida faoliyatini 2004 yilda boshlagan. Avvallari u supermarketlarda odamlarga o'z boshiga vino shisha idishi bilan urishni taklif qilgan. Pul topishni u aynan shu yo'l bilan boshlagan. Se Shuipingning aytishicha, hozirda u oyiga 3 ming AQSh dollari atrofida daromad topmoqda.