Zarur masalliqlar: 1 kg. baliq filesi, 4 bog' ismaloq, 2 ta pomidor, bitta qizil bulg'or qalampiri, bir bog' petrushka, yarimta limon, 15-20 dona qora zaytun, kungaboqar yog'i va ziravorlar.
Tayyorlanishi: 1. Baliqni ta'bga ko'ra ziravorlar bilan marinadlab oling.
2. Pomidorni 6 bo'lakka ajrating, bulg'or qalapirini esa to'rtburchak shaklda to'g'rang. Ismaloq hamda petrushkani mayda shaklda kesing. Barcha masalliqlarni kungaboqar yog'i solingan tovada 5 daqiqa davomida qovurasiz.
3. Gaz pechi patnisiga yog' surtib, baliq go'shtini joylang. Ustiga tuz sepib, limon bo'laklarini qo'ying. So'ng qovurilgan masalliqlar va zaytun donalarini ham terib chiqing.
4. Tayyor ko'rinishga kelgan baliqni qizdirilgan gaz pechininng 200 daraja haroratida pishirib olsangiz kifoya.
Tayyorlanish vaqti: 45 daqiqa.
4 kishilik.