Zarur masalliqlar: 500 gr. qaynatilgan mol go'shti, 150 gr. pishloq, 50 gr. yong'oq mag'zi, zaytun yoki o'simlik yog'i, 1 dona bulg'or qalampiri, ko'kpiyoz, petrushka, tuz, xantal.
Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan mol go'shtini somoncha shaklida maydalab to'g'rang. Qizdirilgan o'simlik yog'ida xantal qo'shib, qovurib oling. So'ngra maydalangan ko'katlarni qo'shing.
2. Bulg'or qampirini somoncha shaklida to'g'rab, salatga soling. Maydalangan yong'oq mag'zi va katta tishli qirg'ichdan o'tkazilgan pishloqni qo'shsangiz va tuz namaganini sozlasangiz, salat tayyor.
6 kishilik 25 daqiqa