Zarur masalliqlar: 250 gr. qaynatilgan mol go'shti, 1 banka konservalangan oq loviya, 1 ta bulg'or qalampiri, 3 bo'lak sarimsoqpiyoz, yong'oq, 2 osh qoshiq zaytun yog'i, 1 osh qoshiq sirka, ko'kpiyoz, tuz, qizil murch.
Tayyorlanishi: 1. Ko'kpiyoz va sarimsoqpiyozni maydalang. Bulg'or qalampiri va go'shtni somoncha shaklida to'g'rang.
2. Go'sht, sarimsoqpiyoz, piyoz va bulg'or qalampirini aralashtiring. So'ngra konservalangan oq loviyani qo'shing.
3. Yong'oq mag'zini maydalang-da, salatning ustiga seping.
4. Zaytun yog'iga sirka qo'shib, salatga soling. So'ngra limon suvi va tuz qo'shib, dasturxonga torting.
1 soat
2 kishilik