Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmatining 2014 yildagi faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda .
O‘tgan yilda “Beeline” call-markazining IVR (Interactive Voice Response) Interaktiv ovozli tizimi tomonidan, 2012 yilning rekordini takrorlab, 73 mlndan ziyod qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatildi. Bunda ushbu davrda deyarli 14 mlndan ortiq qo‘ng‘iroqlarga operatorlar tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Shunday qilib, IVR axborot tizimi abonent so‘rovlarining qariyb 80% ining to‘liq ishlovini ta’minladi.
So‘rovlarning mavzusiga kelsak, 2014 yilda ularning eng katta qismiga mobil Internet sozlamalari va MMS, USSD-kodlar, qo‘shimcha xizmatlar, shuningdek to‘lov usullari hamda tarif planlarini o‘zgartirish, Beeline Club va kontent-xizmatlarga to‘g‘ri keldi.
“Mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish – bu kompaniyamiz siyosatining poydevoridir, va ovozli xizmatlarni takomillashtirish va yuzlab mutaxassislarning samarali faoliyati tufayli bu yili o‘tgan yil rekordidan oshdik, – call-markazi faoliyati statistikasini sharhlaydi mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari v.v.b. G‘ayrat Mahkamov. – Biz mijozlarimiz istaklarini doimiy ravishda kuzatib boramiz, va abonent bilan operator aloqasini soddalashtirishga harakat qilamiz. Bu maqsadda 2014 yilda 0621 SMS-qo‘llab-quvvatlash xizmati ishga tushirildi, uning yordamida call-markaziga SMS orqali murojaat qilish mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, 0611 bepul raqamdan tashqari, kompaniya abonentlari 0612 tijorat liniyasidan, shuningdek “Onlayn-maslahatchi” http://0611.beeline.uz noyob chatdan ham foydalanishlari mumkin. Bundan tashqari, STATUS mijozlariga – 0777 alohida ajratilgan kanali bo‘yicha sutka davomida xizmat ko‘rsatish amal qiladi. Internet servislar orqali xizmat ko‘rsatilishi uchun 0611@beeline.uz elektron manziliga maktub yo‘llash, yoki kompaniya sayti orqali quyidagi havola bo‘yicha so‘rov yuborish mumkin http://mobile.beeline.uz/ru/main/help/faq.wbp.