Birinchi ishi unga kuniga 15 dollardan pul olib kelardi , bugun esa bu yosh bolakay salkam millioner!...
Rayan Ross xovlida 60 ta tovuqdan iborat fermani tashkil etgan edi, ularning tuhumini pullab, 15 dollardan daromad ola boshladi. Mahsulotni esa odamlar gavjum joyda – cherkov va ferma bozorida sotardi. Keyinroq Rayan vakolatini kengaytirib, o’zidan katta yoshdagilarni ishga yollay boshladi. Uning brigadasi soatiga 20 dollardan pul olib, mazkur aqchaning 5dollarini Rayan o’ziga olib qolardi.
Rayanning aytishicha, boshida ko’pchilik uning biznesiga ishonmagan, axir "burnini atmagan bolakay”ning muvaffaqiyatiga kim ham ishonch bilan qarar edi?! Faqat ota-onasigina Rayanni qo’llab-quvvatladi.
-Ish tartibimga aylantirgan "80-10-10” qoidasini menga onam o’rgatgan, - deydi Rayan. – Men o’z daromadlarimni biznesim ravnaqiga tikaman, 10 foizini xayriyaga, qolgan 10 foizini esa o’zim uchum sarflayman.
Yosh ishbilarmonning aytishiga ko’ra, har qanday bola ham biznesda muvaffaqqiyatga erishishi mumkin, eng muhimi, " sen uchun juda og’ir ishni amalga oshirishda boshqalarni yollash kerak bo’ladi”.
Bugun Rayan 10 yoshda. U maktabda taxsil oladi, tengdoshlari bilan birga o’ynaydi. Shu bilan birga Rayan Ross o’z sarmoyasini ko’chmas mulklarga tikadi va salkam millioner!