«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger jamoa yarimhimoyachisi Teo Uolkottning o'yiniga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirib o'tdi, deb yozadi "Kun".
«Biz odamlar yangi nom va chehralarni ko'rishni istaydigan jamiyatda yashamoqdamiz. Lekin ba'zida sadoqat tushunchasi haqida unutib qo'yamiz. Jamoaga barcha davrlarni boshdan kechirgan va o'z formasini saqlab qolgan, omadli ravishda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchi ham kerak bo'ladi. Klublar avlodlar almashinuvi davrida ham o'ynab keta oladigan futbolchilarga muhtoj bo'ladi.
Uolkott 10 yildan buyon Arsenalda, bu uning jamoaga bo'lgan muhabbatini ko'rsatadi. Ishonchim komilki keyingi besh yilda ham bizga kerak bo'lgan narsani bera oladi. Chunki Teo har doim oldinga intiladi va kuchliroq bo'lishni istaydi.
U kabi futbolchini topish qiyin», deydi Venger.
Ma'lumot uchun, 27 yoshli hujumchi joriy mavsum Angliya chempionatida 22ta o'yin o'tkazdi va 4ta gol urdi.