Bugun, 29-fevral kuni Professional tennischilar uyushmasi (ATP)ning yangilangan reytingi e’lon qilindi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan roppa-rosa 10 pog‘onaga pastladi va yangilangan reytingda 72-o‘rinda qayd etildi. O‘zbekistonlik yana bir tennischi Farrux Do‘stov esa ikki pog‘ona yuqorilab, 218-o‘rindan joy oldi.
Dunyo tennischilari reytingini katta farq bilan hamon serbiyalik Novak Jokovich boshqarib bormoqda. Kuchli o‘nlikda hech qanday o‘zgarish kuzatilmagan.
ATP reytingi. 29.02.2016
1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) – 16 580 ochko
2. (2) Endi Marrey (Buyuk Britaniya) – 8 765
3. (3) Rojer Federer (Shveysariya)- 8 295
4. (4) Sten Vavrinka (Shveysariya) – 6 325
5. (5) Rafael Nadal (Ispaniya) – 4 810
6. (6) Kei Nishikori (Yaponiya) – 4 030
7. (7) Tomash Berdix (Chexiya) – 3 900
8. (8) David Ferrer (Ispaniya) – 3 505
9. (9) Jo-Vilfrid Tsonga (Fransiya) – 2 950
10. (10) Rishar Gaske (Fransiya) – 2 715…
73 (63). Denis Istomin (O‘zbekiston) 717…
218 (220). Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) 239.
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni berilgan.