Zamonaviy olamda barcha narsalar rivojlanib boryapti – yirik yozuv axborotlari mexanik klaviaturalar yordamida yozib olinyapti. Xatto kitoblar ham elektron holatda. Ko’p kutubxonalar ulardagi bor ma’lumotlarni bir nechta oddiygina qattiq disklarga ko’chirish borasida ish olib boradilar. Mana, oddiygina yozilgan yozuvni ham endi raqamli ruchka yordamida saqlab olish mumkin.
Ushbu ruchka mashxur Livescribe kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Uning tashqi tuzilishi modern va xaytek stilida bo’lishi uni oddiy sharikli ruchkalardan ajratib turadi. Lekin uning ichida mikroprotsessor va barcha yozilgan yozuvni raqamlashtiruvchi vay-fay qurilmasi o’rnatilgan. USB qurilmasi uni noutbuk, planshet va xattoki smartfonlar bilan aloqada bo’lishini ta’minlaydi. Bunday holatda barcha qog’ozga yozilgan ma’lumotlarni tekst xujjatlar formatida saqlab olish mumkin. Ushbu ruchkaning qo’shimcha funksiyalariga kichik redactor ham kiradi. U saqlangan ma’lumotlarni turli xil kategoriyalarga ko’ra, masalan, kun sanasiga qarab tartibga solish imkonini beradi. Ushbu ruchka shubhasiz barchaga asqotishi turgan gap. MANBA:tehplaneta.ru