"Gremmi" mukofoti taqdirlash marosimiga tashrif buyurgan Gollivud aktyori Jonni Deppning tashqi ko`rinishi aksariyat jurnalistlar tanqidiga uchradi. Bu haqda “Vesti” nashri xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lum qildi.
Jurnalistlarning fikriga ko`ra, “Karib dengizi qaroqchilari” filmi yulduzi taqdirlash marosimiga “keksaygan”, “semiz” va horg`in ko`rinishda kelgan.
52 yoshli aktyor qizil yo`lakchada o`zining keksa do`stlari Aerosmith musiqachisi 65 yoshli Jo Perri va 68 yoshli Elis Kuper hamrohligida paydo bo`lgan.
Ko`pchilik jurnalistlar Jonnining keksa do`stlaridan 15 yosh kichik bo`lishiga qaramay, xuddi ulardek qariganini payqagan.
Shuningdek, Depp kiygan shim ancha uzun, uning egnidagi nimcha esa u ozg`inroq paytda sotib olingani ko`rinib turardi.