Ikki xil rangdagi ko‘z sohibasi bo‘lgan Sara MakDeniyel internetni hayratda qoldirdi. Bu haqda, Daily Star’ning ma’lumotlariga asoslangan holda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
20 yoshli qizning Instagram’dagi sahifasiga deyarli 50 ming kishi obuna bo‘lgan. Nashrning ma’lum qilishicha, MakDeniyel fotosuratlari virus kabi ta’sir etmoqda.
Modelning ko‘zlari turli xil rangda va ba‘zi bir tanqidchilarning ta’kidlashicha, MakDeniyel kontakt linzalaridan yoki fotoshopdan foydalanadi. O‘z navbatida, model bilan hamkorlik qilgan fotosuratchi Gregorio Kampos, “nomukammallik chiroylidir”, — deya bayon etdi. U o‘zgalarga o‘xshamaydiganlar uchun fotoshopdan foydalanmasligiga alohida urg‘u berdi.
MakDeniyelning fotosuratlari qayta ishlanganmi, yoki yo‘qmi, lekin model “mukammal” ko‘rinadi, deya qo‘shimcha qiladi nashr.