London Kamden kengashi ijtimoiy yordam puli hisobiga yashovchi qochoqlar oilasini narxi 1,3 million funtdan oshiq (1,9 million dollar) turuvchi uyga joylashtirdi. Qochoqlar oilasi bungacha Vest-Xempstad tumanida joylashgan oltita yotoqxonali dang`illama uyda yashagan, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. Said Xalif Buyuk Britaniyaga 2008 yilda ko`chib kelganida, Koventri shahrida yashagan.
U keyinchalik poytaxtga ko`chishni istaganligi uchun uni oilasi bilan Vest-Xempstedning obro`li tumanlaridan biridagi aktrisa Emma Tompsonning uyi yonidagi narxi ikki million funt sterling turuvchi uyga joylashtirishadi. Shundan keyin yordam puli ma`lum miqdorga kamaytirilgani sababli Kamden bu oilaga Kilbern tumanidan uy ajratgan. Said Xalif Buyuk Britaniyaga ko`chib kelgandan beri faqat ijtimoiy yordam puli bilan sakkizta bolasini boqmoqda, ikkita bolasining sog`ligida muammo borligi sababli unga ijtimoiy yordam sifatida uy ajratilgan.
Manba: "Darakchi" nashri