Navro'z umumxalq bayramini keng ko'lamda nishonlash, yoshlar o'rtasida milliy qadriyatlar, urf–odatlarni ommalashtirish maqsadida Mirzo Ulug'bek tumanida Qadriyat, urf-odat, an'ana va yoshlar” loyihasi doirasida ta'lim muassasalari talaba-yoshlari o'rtasida viloyatlarning milliy urf-odatlari, milliy taomlarini tayyorlash, maktab o'quvchilari o'rtasida sportning shaxmat, stol tennis turi bo'yicha tanlov tashkil etildi, deb yozadi "KUN.UZ".
Qashqadaryo viloyatining milliy urf-odatlarini jonlantirgan, milliy lapar va kuylarni yuqori darajada ijro etgan va o'ziga xos taomlarini tayyorlagan Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining Kamolot jamoasi I darajali diplom bilan taqdirlandi.