Misr armiyasining Sinay yarimoroli shimolidagi reydlari natijasida 13 nafar jangari yo‘q qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mamlakat harbiy-havo kuchlari Shayx Zubayd shahri janubiga bergan zarbasi tufayli IShIDning mahalliy tarmog‘i — “Ansor Bayt al-Maqdis” guruhining sakkiz nafar a’zosi o‘ldirildi. Yana besh nafar terrorchi shu hududda artilleriya zarbalari natijasida yo‘q qilingan.
Shuningdek, maxsus bo‘linma terrorchilik faoliyatida gumon qilingan 25 kishini qo‘lga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.