Har kuni texnologiya olamida yangi bir ixtiro paydo bo'layapti. Ayniqsa, shu kunlarda bu jarayon ayni avj pallasiga chiqqan. Xuddi shunday, velisoped o'g'irliklariga qarshi qurilmalar o'ylab topish ham o'z joyida to'xtab turgani yo'q. Endi zanjir va qulf o'rniga yanada mukammal himoya vositalaridan foydalansa bo'ladi. Bular telefon orqali masofadan boshqariladigan, moslashuvchan ramaga ega hamda o'g'irliklarga qarshi shlemli velosipedlardir. Bu sohada yana bir qator ixtirolar qilinganki, ular haqida quyida tanishishingiz mumkin!
Yerka

Yerka – bu shunday xususiyatli velosipedki, u o'zini o'zi himoya qila oladi. Chunki uning ramasi qayriluvchan bo'lib, yo'lda uchragan istalgan sim yog'och yoki daraxtga “o'rab” qo'ysa bo'ladi. Sizdan boshqa hech kim uni bo'shatolmaydi.

Vanhawks Valour – telefon orqali boshqariladigan velosiped
Vanhawks Valour – bu yana bir zamonaviy velosipedlardan biri bo'lib, uni ham o'g'irlashni iloji yo'q. Uning xususiyati mexanik qurilmada emas, aksincha raqamli texnologiyada mujassamlashgan.

Vanhawks Valour – er yuzidagi birinchi “aqlli” velosiped bo'lib, u bilan bog'liq ayrim vazifalar, velosiped egasining telefonida o'z ifodasini topgan. iPhone yordamida avtomobillarda mavjud CAR 2 CAR Communication tizimi orqali velosipedchilar o'zaro aloqa qilib turishsa bo'ladi. Bundan tashqari bu tizim yordamida har bir kishi o'zi bilan sayrga chiqadigan ko'ngillilar yoki chin ma'noda do'stlashadigan insonlar bilan tanishishi ham mumkin.

Lekin Vanhawks Valour velosipedi bizni boshqa bir fazilati bilan qiziqitirib qo'yishi tabiiy. Uni masofadan turib “qulflab” qo'yish mumkin. Albatta, telefon yordamida. Ana shunda hech qanday kuch uni joyidan qo'zg'ata olmaydi. Toki unga telefon orqali “izn” berilmaguncha.
Bendy Bicycle — o'g'irlab bo'lmaydigan velosiped

Bendy Bicycle ham Yerka ga o'xshab ketadi, faqat u mukammalroq texnologiyaga ega. Bu velosiped to'xtagan zahoti, uning ramalari bo'shab qoladi va uni bemalol simyog'och yoki daraxtga chirmab qo'ysa bo'ladi.

Head-Lock – o'g'irlikka qarshi shlemga ega velosiped

Bu shunday shlemki, u orqali velosipedni himoyalab qo'ysa bo'ladi. U velosiped oyolariga, spisalarga o'tqazib, kiyg'iziladi. So'ng hamma qo'riqlash qurilmalarida mavjud to'rt raqamdan istalgani o'rnatiladi. Bu vosita shunday mukammal ishlanganki, uni hech bir o'g'ri biror asbob bilan buza olmaydi.

Denny velosipedi

Denny elektrlashtirilgan velosiped bo'lib, asosiy qurilmasi, uning ruli hisoblanadi. Chunki unda velosipedni boshqaruvchi tizim bor yoki bir so'z bilan aytganda u kompyuterlashtirilgan. Masalan, kompyuter yordamida o'zini o'zi boshqarish tizimiga o'tish, qorong'i yo'lni boshqarish, umuman, ma'lumot olib turish mumkin.

Denny ning uchinchi ruli uni himoyalovchi vosita hisoblanadi. Agar rul velosipedga o'rnatilsa, joyida turgan velosipedni hatto pedal yordamida ham siljitib bo'lmaydi. Himoya rulini o'rnatish esa judayam oddiy. Eskisi olinib, yangisi uning o'rniga qo'yiladi. Eng qizig'i, bunday rullar faqat o'sha velosipedda ishlay oladi, uni boshqa velosipedga o'rnatib bo'lmaydi.