Nigeriya hukumat qo‘shinlari “Boko Haram” ekstremistik guruhi jangarilari tomonidan garovga olingan 800 dan ortiq odamni ozod qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Garovdagi odamlar mamlakat shimoli-sharqidagi Borno shtatida ozod etilgan.
22-mart, seshanba kuni boshlangan operatsiya davomida armiya “Boko Haram” jangarilaridan o‘ndan ortiq aholi punktini ozod qilib, 25 nafar terrorchini yo‘q qilishga erishdi.
OAVlarda ma’lum qilinishicha, operatsiya o‘tkazilayotgan paytda jangarilar qo‘shni Adamava shtatida 16 nafar ayol kishini garovga olgan.
Manba