Nyu-York sudi Eronga 2001-yilning 11-sentabridagi teraktlar natijasida halok bo‘lganlarning oilalari, shuningdek, sug‘urta kompaniyalariga zararni qoplash tariqasida 10,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ni to‘lash majburiyatini yukladi. Bu haqda Bloomberg agentligi ma’umotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, qurbonlarning oilalari 7,5 milliard dollarni qo‘lga kiritishi lozim. Yana 3 milliard dollarni teraktdan keyin sug‘urta holatlari bo‘yicha to‘lab kelgan sug‘urta kompaniyalari olishi kerak.
Avvalroq sud Eron terrorchilarga yordam ko‘rsatmaganligini isbotlay olmaganligi uchun teraktlar natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lishi lozimligi haqida qaror chiqargan edi.
Ma’lumot uchun, 2001-yil 11-sentabrda yuz bergan turkum teraktlarda 2996 kishi halok bo‘lgan va 6 mingdan ortiq odam jarohatlangandi. “Al Qoida” terrorchilik tashkiloti terakt tashkilotchisi deb topilgan.
Manba