Neyrofiziologlarning aniqlashicha, to`yib uxlamaslik semirishga olib keladi. Bu haqda “Lenta.ru” xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot bermoqda.
Inson kam uxlagan paytda uning qonida ovqatdan lazzatlanish hissini kuchaytiruvchi kimyoviy moddalar konsentrasiyasi oshadi.
Olimlar tadqiqot ishlarini olib borish uchun ko`ngilli, yigirma yoshdagi 14 ta yigit va qizni yollashdi. Ular to`rt kundan ikki marta Chikago universiteti klinikasida bo`lishdi: birinchi kuni sakkiz soatdan, ikkinchi kuni to`rt soatdan uxlashdi. To`yib uxlamaslik soatiga ortiqcha 17 kilokaloriya sarflanishiga sabab bo`lishi aniqlandi. Ochlik hissi kuchayganidan tadqiqot qatnashchilari to`rt soat mobaynida ortiqcha 300 kilokaloriya to`plashgan. Ularda asosan shirinlik — pechene, konfet, chips iste`mol qilish istagi kuchaygan.