Ozarbayjon OPEKka a'zo davlatlarning neft qazib olishni muzlatish haqidagi qarorini qo'llab-quvvatladi. RIA Novosti axborot agentligi xabariga asoslanib, bu haqida "KUN.UZ" ma'lumot bermoqda.
Bu haqda Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi SOCAR’ning boshlig'i Ravnaq Abdullaev mahalliy telekanalga bergan intervyusida aytib o'tdi.
"Biz bu pozitsiyaga qo'shilamiz. Biz neft qazib olishni 2016 yilda muzlatmoqchimiz va uni shu darajada qoldirmoqchimiz. Biz neft qazib olishni oshirish bo'yicha loyihalarni to'xtatdik", deb aytdi Abdullaev.
Uning aytishicha, Ozarbayjonda neft qazib olish hajmi avvalgi yildagidan ko'p bo'lmaydi.