Yaponiyalik 22 yoshli Reykko Xori (Reikko Hori) o`z ixtiyori bilan Avstraliyaning shimoli-g`arbidan etti ming kilometr uzoqlikda joylashgan Indoneziya orollaridan biri bo`lmish Amparoda 19 kun yashadi. Bu haqda “lenta.ru” nashri xabariga asoslanib "Darakchi" ma'lumot berdi.
Osakolik bu qiz Docastaway kompaniyasidan sayohatga chipta sotib oldi. Kompaniya uni kattalashtiruvchi oyna, suv ostida ov qilish uchun mo`ljallangan qurol bilan qirg`oqqa tashlab ketdi. Bunday ta`til odamlarni hamma sharoiti mavjud bo`lgan dam olishdan voz kechishga undaydi.
Reykkoning aytishicha, u juda odamovi qiz, jamoa orasida o`zini noqulay his qiladi. Shuning uchun yolg`izlikda dam olishga qaror qilgan. Bunday safarga jo`nash undan ko`p narsa talab qilmadi. U o`zi bilan bor-yo`g`i bir ikkita kiyim oldi, xolos.