Ko'pchiligimizni kutilmagan nohushlik, ya'ni so'gal bezovta qilib turadi. Ba'zi birovlar yomon tush ko'ribdi, shunga so'gal chiqqan deyishadi. Aslida ham shundaymi? Buning boshqa sababi ham bormi? So'galdan qanday qutilish mumkin? Bugun Gooper.uz'da shu haqida ma'lumot beramiz. Marhamat!
So'gal endi paydo bo'layotganda, shifokor bilan maslahatlashgan holda quyidagi oddiy mualajalarni qo'llash mumkin.
1. Anjir bargi yoki novdasini sindirib, suvini har kuni so'galga surtish ham yaxshi samara beradi. Muolaja so'gal yo'qolguniga qadar bajariladi.
2. Yozda chiqqan so'galga qoncho'pni siqib (poyasidan ko'proq suvi chiqadi) surting. Muolaja 3 hafta davomida 3 - 4 martta takrorlanadi.
3. Sarimsoq piyozning bitta bo'lagini qoq ikkiga bo'lib, yarimini so'galga kuniga 5-6 martta ishqalang. Muolajani so'gal yo'qolguncha bajarasiz.
4. Har kuni kechki payt so'galga bir tomchi sirka kislotasi tomizilsa, foyda beradi. Agar so'gal bittagina bo'lsa 3-4 marttagacha tomizing.
Qutilish usullari
So'gal o'zidan - o'zi yo'q bo'lib ketishini kutib o'tirish ham yaramaydi, albatta! Ba'zan darhol choralar ko'rishga to'g'ri keladi. Ammo, so'galdan qutilishda ehtiyotkorlik shart! Aks holda, uni jarohatlab hafvli o'smaga aylantirib yuborish ham hech gap emas.
So'galmi, g'uddami bu?
Umuman olganda, qutilish yo'llarini izlashdan avval g'uddachani aynan so'gal ekanligiga amin bo'lish darkor. Agar so'gal:
1. Tez ko'paya boshlasa;
2. Tez kattalashib, o'sib ketsa;
3. Shaklini o'zgartirsa;
4. Rangi o'zgarsa;
5. Og'riy boshlasa;
6. Qonasa, albatta dermatologga murojaat qiling.
So'galdan uy sharoitida qutilish mumkinmi?
Agar so'gal rivojlanib ketgan bo'lsa, uy sharoitida undan qutilish behatar va benuqson usullar qatoriga kirmaydi. Yaxshisi dermatologga murajat qilish foydalidir.
So'gal chiqmasin desangiz.
1. So'gal chiqishini oldini olishni istaganlar, quyidagi oddiy qoidalarga amal qilishi kerak.
1. Sauna va hovuzlarda. havo nam bo'lgan joylarda yalang oyoq yurmang.
2. Teri mikrojarohatlari, shilinish, tilinish kabilarda saqlaning. Ularni darhol dezinfeksiya qilish esdan chiqmasin.
3. Oyoq terlashiga yo'l qo'ymang. Agar terlagudek bo'lsa, oyoq kiyimni avval quritib, keyin kiying. Ungacha quruq poyafzalda yuring.
4. Biror yeringizda so'gal chiqqanini ko'rsangiz unga qo'lingizni tekkazmang. Chunki infeksiya terining boshqa sohalariga ham o'tishi ehtimoli katta.
5. Tirnoqlarni tishlamang. Tirnoq chetidagi terini olib tashlamang. Jarohatlangan teriga virus tez o'rnashib, tarqalib ketishi mumkin.
6. Tirnoq atrofidagi so'gallarni yo'qotish esa birmuncha qiyin kechadi.
7. Birovning poyafzalini kiymang.
8. Qo'l berib ko'rishayotganda ehtiyot bo'ling.
9. Birovning sochig'i, manikyur va pedikyur anjomlaridan foydalanmag.
10. Teri jarohatlanmasligi uchun poyafzal oyog'ini siqadigan bo'lmasin.
11. Ushbu kasallik kelib chiqmasligi uchun eng avvalo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish kerak.
12. Oyoq qo'llarni har kuni sovunlab yuvish zarur.
13. Yaralangan, shilingan, chaqa bo'lgan joylarni spirt va yod kabi vositalarni surib tozalash lozim.
Qiziq ma'lumot: Dunyo aholisining 10%idan ko'pida so'gal bor. 60 dan 80 foizgacha aholida esa uning kelib chiqishiga sababchi bo'lgan odam papilloma virusi mavjud.