Facebook ijtimoiy tarmog`idagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolaridan biri Toshkent shahri Kichik halqa yo`lida yuz bergan yo`l-transport hodisasi haqida fotoxabar qoldirdi, deb yozadi "Darakchi nashri.
Suratlarda YTHda ishtirok etgan avtomobillardan biri Nexia`ning jiddiy zararlangani aks etgan. Izohlardan birida guvohlarning yozishicha, bunday holda uning haydovchisi tirik qolishi dargumon.
Yo`l-transport hodisasi Cobalt`ning katta tezlikda qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketishi oqibatida sodir bo`lgani taxmin qilinmoqda. Internet foydalanuvchilarining aytishicha, YTH sodir bo`lgan yo`l notekis, shuning uchun ham bu erda katta tezlikda yurib bo`lmaydi. Yo`l-transport hodisasini keltirib chiqargan omillardan biri ham yo`lning notekisligi bo`lgani aytilmoqda.