29 yoshli Tin Su ismli xitoylik ayol mashinalar turish joyida o'z eri va egizak singlisini mashina ichida ishqiy munosabatlari ustida ushlab oldi, deb xabar bermoqda "Kun".
Aftidan, ayol anchadan beri erining xiyonat qilayotganidan shubhalanib yurgan va uning ortidan kuzatishga qaror qilgan. U mashina oldiga kelganida, “sevishganlar” darg'azab ayoldan qo'rqib ketib, mashina ichidan yalang'och holda yugurib chiqishgan. Tin Su o'zini yo'qotib qo'ymasdan, xiyonatkor eri va singlisining bir nechta suratini tasvirga olgan. Shundan so'ng, mashinaga o'tirib, xiyonatchilarni shu alfozda qoldirib ketgan.
“Bu holat juda ham kulgili bo'ldi. Atrofdagi odamlar telefonlari orqali ularni suratga ola boshlashdi. Yalang'och erkak mashina oynasiga urib, xotiniga baqirardi, ayol esa pinagini ham buzmasdi”, – deb aytdi voqea guvohlaridan biri. OAVlar xabar berishicha, ayol ajrim haqida sudga da'vo bergan.