Xitoylik Lyu ismli 70 yashar ayol yo'qolgan itini topib berganga uyini sovg'a qilishga va'da berdi. The Daily Mirror nashrining yozishicha, ayol bunday mazmundagi e'lonlarni o'z uyi atrofida yopishtirib chiqqan.
Ayolning tasarrufidagi ko'chmas mulk 650 ming dollarga baholanmoqda. Oradan bir muddat o'tgach, ayol ko'plab qo'ng'iroqlar ola boshladi. Ayrimlar boshqa itlarni ayolning iti sifatida ko'rsatib, uyga ega chiqmoqchi bo'lishdi. Bunday yolg'on axborotlardan to'ygan ayolning jiyani oila itni qidirishni to'xtatishini ma'lum qildi.