France-Presse agentligi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, xitoylik bir guruh politsiya xodimlari salamandrani yeb qo'yishgani yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan. Ma'lumki, yirik salamandralar Xitoyda yo'qolib borayotgan jonivorlar ro'yxatiga kiradi, shu bois bu voqea noroziliklarga sabab bo'lgan.
Mamlakat janubidagi Shenchjen shahrida politsiya boshqarmasining 28 nafar xodimi bayramona dasturxon atrofida to'planishgan. Bayram chog'ida noyob jonivordan tayyorlangan taom dasturxonga tortilgan. Bu voqeadan xabar topgan mahalliy matbuot xodimlari uni keng jamoatchilikka ma'lum qilishgan. Aytilishicha, politsiyachilar jurnalistlarga tahdid qilishgan, shuningdek, uyali telefonlari va kameralarini sindirishgan.
Surishtiruv ishlari davom etmoqda. Xitoy qonunchiligiga ko'ra, noyob jonivorlar go'shtini iste'mol qilgan 14 nafar politsiyachi qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.