Isroil harbiylari 1-martga o‘tar kechasi Falastin ma’muriy markazi Ramalloh chekkasidagi hududga adashib kirib qolgan ikki xizmatdoshini jang bilan evakuatsiya qildi. “RIA Novosti” agentligining ma’lum qilishicha, bu askarlar mahalliy aholi vakillari tomonidan qiynoqqa tutilishi ehtimoli mavjud bo‘lgan.
Voqea Qalandiya qishlog‘ida ro‘y bergan. Ikki harbiy adashib qishloqqa kirib qolib, toshlar va shishalar yomg‘iri ostida qolib ketgan. Ularning mashinasi yoqib yuborilgan.
20 daqiqa ichida yordam kuchlari kelib, askarlardan birini qutqargan, ikkinchisi esa mustaqil ravishda yaqin atrofdagi yahudiy qishlog‘iga yetib olgan.
To‘qnashuvlar chog‘ida bir falastinlik erkak halok bo‘lgan. “Qizil yarim oy” jamiyatining Falastin bo‘linmasi ma’lumotiga ko‘ra, 10 kishi jarohatlangan, shulardan to‘rt nafariga jangovar patronlar tekkan. Isroil harbiylardan besh nafari yaralangan.
Manba