150 gr. margarin, 2,5 stakan un, 1 stakandan shakar va qand upasi, 3 dona tuxum, bittadan limon va apelsin, 1 choy qoshiq sirkada so'ndirilgan iste'mol sodasi.
Tayyorlanishi:
1. Apelsinni to'rtburchak shaklda to'g'rang. Limon po'stlog'ini qirg'ichdan o'tkazib, sharbatini siqib oling.
2. Margarinni shakar bilan aralashtirib, tuxum va iste'mol sodasi qo'shing. Un solib, smetana quyuqligida xamir tayyorlang. Apelsin bo'laklari va limon qirindisini ham qo'shing.
3. Xamirni keks qolipiga solib, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 35 daqiqaga qo'ying.
4. Qand upasini limon sharbatiga solib, past olovda aralashtirib turgan holda qaynating. Keks pishgach, yuziga glazur surtib, limon bo'laklari bilan bezating.
Tayyorlanish vaqti: 1 soat
. Manba: www.BePuL.NeT