Zarur masalliqlar: 1 banka konservalangan qizil loviya, 100 gr. krab tayoqchasi, 2 dona pomidor, ko'katlar, sarimsoqpiyoz, mayonez, tuz, murch.
Tayyorlanishi: 1. Krab tayoqchalarini maydalab to'g'rang. Konservalangan qizil loviyani suvidan ajrating.
2. Pomidorni o'rtacha kattalikda to'g'rang. Ko'katlarni maydalang, sarimsoqpiyozni ezing. Barcha masalliqlarni aralashtirib, tuz va murch soling. So'ngra mayonez qo'shasiz. Istakka ko'ra quritilgan non bo'laklari ham solish mumkin.
Tayyorlanil vaqti: 10 daqiqa.
2 kishilik.