2015 yilning yanvar-oktyabr oylarida Rossiya Federatsiyasi hududida GM Uzbekistan qo'shma korxonasining 17119ta avtomobili sotildi. Bu haqda «Gazeta.uz» Yevropa biznesi uyushmasining Avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo'mitasi ma'lumotiga asoslanib, xabar qilgan.
O'tgan yilning ushbu davri bilan solishtirganda (33472 ta avtomobil), sotish hajmi 48,9 foiz qisqargan. Oktyabrda Rossiyada GM Uzbekistan`ning 1621ta avtomobili sotilgan va bu 2014 yilning oktyabridagiga (1819ta) nisbatan 10,9 foiz kamdir.
Umuman olganda, yangi engil va engil tijorat avtomobillari sotuvi Rossiyada oktyabr oyida 38,5 foiz, ya'ni 129,95ta avtomobilgacha qisqardi. Eng ko'p sotilgan avtomobillar o'ntaligiga o'sha erda ishlab chiqarilgan avtomobillar kirgan. Rossiyada yanvar-oktyabr oylarida qariyb 1,323 millionta engil avtomobil sotilgan.