Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegaradagi Qunduz viloyatida hukumat qo‘shinlari tomonidan o‘tkazilgan harbiy operatsiya davomida “Tolibon” ekstremistik harakatining 12 jangarisi o‘ldirildi.

Bu haqda Afg‘oniston milliy armiyasining yigirmanchi “Pomir” diviziyasi komandiri general Muayyuddin G‘uriyga tayangan holda “Interfaks” axborot berdi.Uning ma’lum qilishicha, Qunduz hududida ayni kunlarda 2,5 ming jangari bo‘lib, ulardan 200 nafari chet el fuqarolaridir.
Harbiy harakatlar Xonobod tumanida o‘tkazilgan. O‘ldirilganlardan tashqari, “Tolibon”ning yana sakkiz jangarisi yaralangan va besh a’zosi asirga olingan.
Manba