Joriy yilning 1-mayidan 20-iyuliga qadar Dubay xalqaro aeroportidagi uchish-qo‘nish yo‘laklaridan birida ta’mirlash ishlari bajariladi. Shu sababdan, ikkinchi uchish-qo‘nish yo‘lagiga sezilarli og‘irlik tushadi, deb xabar qildi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK.
Dubaydan yoki unga parvoz amalga oshiruvchi aviakompaniyalar qat’iy jadval bo‘yicha parvoz qilishlari haqida ogohlantirilgan.
“O‘zbekiston havo yo’llari” MAK yo‘lovchilardan reys uchishidan 3 soat avval ro‘yxatdan o‘tishga hamda reys uchishiga 30 daqiqa qolishidan avvalroq samolyotga chiqishga o‘z vaqtida kelishlarini so‘raydi.
O‘z vaqtida kelmagan yo‘lovchilarning tashilishiga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tgan yukni reysdan yechib olish uchun 140 AQSh dollari to‘lanadi.