Rossiyaning “Yota Devices” kompaniyasi o‘zining ilk smartfonini ishlab chiqqanligini ma’lum qildi. Bu xaqda Lenta.ru xabar qilgan. Qurilma “YotaPhone”deb nomlanib, u “Android 4.2 Jelly Bean” mobil platformasi bazasida ishlaydi.
“YotaPhone” Rossiyada ishlab chiqilgan ilk smartfon bo‘lib, uning o‘ziga xosligi shundaki, u ikkita ekranga ega. Smartfonning old ekrani rangli, sensorli ekran bo‘lib, uning sig‘imi – 1280 x 720 piksel. Orqa ekrani esa electron siyoh texnologiyasi (ushbu texnologiyadan bukridlerni ishlab chiqishda foydalaniladi) yordamida ishlab chiqilgan.
...
Davomini o'qish »