Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida GM Uzbekistan avtozavodida ishlab chiqarilayotgan avtomobillardan birining nomi o'zgarishi mumkinligi haqida axborot paydo bo'ldi.
Foydalanuvchi tomonidan qoldirilgan xabarga ilova qilingan fotosuratlarda Chevrolet Nexia modelining emblemalari o'zgartirilgani, nomi esa Nexia’ning o'rniga Ravon qilib yozilganini ko'rish mumkin.
GM Uzbekistan o'zining eng ommabop modellaridan biri hisoblangan Nexia’ni rebrending qilishi haqida avval hech qanday rasmiy axborot bergan emas.
Ayni vaqtda, bungacha ijtimoiy tarmoqlarda O'zbekiston avtomobil sanoatida yangi, milliy Ravon brendi ostida avtomobillar ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilishi mumkinligi haqida gap-so'zlar paydo bo'lgandi.