Eng yirik aloqa operatori “Beeline” O‘zbekistonning kimyo sohasidagi eng yirik korxonasi “Navoiyazot” AJ va “Beeline Business” o‘rtasidagi shartnomalar kengayganligi haqida xabar beradi .

““Beeline” innovatsion texnologiyalar sohasidagi yetakchi sifatida mamlakatning kimyo sohasidagi yetakchi kompaniya bilan hamkorlikni qadrlaydi, — voqeani sharhlaydi “Unitel”ning korporativ savdolarini rivojlantirish bo‘yicha direktori Dmitriy Fisenko. – Ishonchli aloqa, zamonaviy texnologiyalar va individual yondoshish “Navoiyazot” uchun mavjud shartnomalarni kengaytirish borasida muhim omil bo‘ldi. Masalan, yana yuzlab yangi raqamlar yoqildi.

Mazkur istiqbolli korxona bilan kelgusidagi hamkorligimizning muvaffaqiyatli rivojlanishiga umid qilamiz”.