GM Uzbekistan’ning Rossiya bozori uchun mo‘ljallangan Ravon Gentra avtomobili yanvar oyida eng ko‘p sotilgan sedanlar o‘ntaligiga kirdi, deya xabar bermoqda “Svopi.ru”. Hisobot oyida 957 ta Ravon Gentra sotildi, bu 2015-yilning shu davriga nisbatan 1 foizga kamroqdir.
2016-yilning birinchi oyida rossiyaliklar jami 1269 ta avtomobil sotib olgan, bu o‘tgan yil yanvaridagi ko‘rsatkichdan 37 foizga kam demakdir.
Ravon model qatori yetakchisi bo‘lmish Gentra sedanini Rossiyada dilerlardan 43 900 rublga xarid qilish mumkin.
Ayni paytda Ravon mutaxassislari Gentra restaylingi ustida ish olib bormoqda, uni 2016-yilning ikkinchi yarmida taqdim etishadi. Mart oyida Rossiya salonlarida R2 (Spark) xetchbeki ham paydo bo‘ladi.
Manba