Saudiya Arabistonida 130 yoshli erkak vafot etdi, deya xabar bermoqda Emirates247.com xabar bermoqda. Qarindoshlarining so'zlariga ko'ra, bu kishi hech qachon jiddiy kasalliklardan aziyat chekmagan.

Saudiya Arabistoni janubidagi Najran shahrida istiqomat qilgan Juhayr bin Shalil al-Azib o'z uyida vafot etgan va 2 yanvar, juma kuni dafn etilgan.
“Qarindoshlari va uni tanigan kishilarning aytishlaricha, u o'limi arafasida ham jismonan, ham ruhan sog'lom edi. O'zi istiqomat qilgan hududda uni hamma yaxshi ko'rar va hurmat qilardi”, – deya xabar bermoqda Sabq gazetasi.