"Real" prezidenti Florentino Peres jamoa yarim himoyachilari Xames Rodriges va Iskolarni transferga qo'yishga qaror qildi, deb yozadi "Championat.asia".
Malumotlarga ko'ra, Peresning bu futbolchilardan hafsalasi pir bo'lgan. U jamoaga Zinedin Zidan kelganidan so'ng "qaymoqranglilar"ning o'yini o'zgarishiga umid qilgan edi. Ammo Peres o'zgarishlarni ko'rmadi va yozda boshqa klublardan bo'lgan taklifni ko'rib chiqadi.