1-Sentabrdan eng kam ish haq 12 joizga oshadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 31-iyul kuni e’lon qilingan farmoniga ko‘ra, 2014-yilning 1-sentabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o‘rta hisobda 1,12 baravar oshiriladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Farmonga ko‘ra, 2014-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- ish haqi – oyiga 107 635 so‘m;
- yoshga doir pensiyalar – oyiga 210 525 so‘m;
- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 210 525 so‘m;
- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 129 180 so‘m miqdorida belgilandi.